TOShKENT, 23-may — Sputnik. 2016 yil O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 476 ming maktab o‘quvchisi tamomlaydi, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga Respublika Xalq ta’limi vazirligidagi manba.
O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risidagi" qonuniga muvofiq, bitiruvchilar 12-yillik majburiy ta’limni kasb-hunar kollejlarida va akademik litseylarda davom ettiradilar.
"To‘qqizinchi sinf bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, 43 mingga yaqin bitiruvchilar (ya’ni bitiruvchilarning 9%) o‘qishni akademik litseylarda davom ettirishni xohlashmoqda, 433,7 ming(ya’ni 91%)dan ziyod o‘quvchilar esa — maxsus ixtisoslashtirilgan kollejlarda tahsil olishni rejalashtirishgan", — deb xabar qildi muassasa vakili.
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» 25-may kuni maktablarning ochiq maydonida bo‘lib o‘tadi. Ma’lum qilinishicha, bitiruv oqshomlarini o‘tkazish, imtihonlar, maktab rahbarlari hamda o‘qituvchilar uchun pul yig‘imlari tashkillashtirish taqiqlanadi.