Lavrov va Kerri Suriyada birgalikda amalga oshiriladigan operatsiyalar haqida muzokara o‘tkazdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan sal oldin Rossiya AQShga Suriyada "Jabhat an-Nusra" terrorchilik uyushmasiga qarshi operatsiya boshlashni taklif qilgan edi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri shu bugun telefon orqali suhbatda ushbu mavzuda muzokara o‘tkazdilar.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatda Rossiya tomonidan bildirilgan taklif — Suriyada terrorchilik uyushmalariga qarshi hamkorlikda operatsiyalar o‘tkazish borasida muzokara olib bordilar, RIA Novosti xabari asosida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya AQShga 25-maydan boshlab Suriyadagi "Jabhat an-Nusra" otradlariga hamkorlikda zarba berishni taklif qilgan edi.

"Aviazarbalar "Jabhat an-Nusra" otradlari, jangovor harakatlar to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatlamayotgan qurollangan uyushmalar, shuningdek, Suriya-Turkiya chegarasini kesib o‘tayotgan qurol-aslaha ortilgan karvonlar, chegarani noqonuniy kesib o‘tayotgan jangarilar otradlari bo‘ylab beriladi", — degan edi Shoygu.

Rossiya TIV berilgan xabarga ko‘ra, telefon qo‘ng‘irog‘i AQSh tashabbusi bilan o‘tkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0