TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-iyun kuni Toshkentda Ekvatorial Gvineya milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi, deb xabar qilinmoqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi saytida.
"Ikkala federatsiya rasmiylari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi va terma jamoalar 2-iyun kuni Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Unga ko‘ra, mazkur o‘rtoqlik o‘yini 2-iyun kuni Toshkentdagi Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti 19:00ga belgilangan", — deyiladi xabar matnida.