Amerika O‘zbekistonda sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarishga pul tikmoqchi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishNeftni qayta ishlash korxonasi
Neftni qayta ishlash korxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir qator mutaxassislar fikriga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda uglevodorodlar qazib olinishi mo‘’tadil pasayib borayotgani tufayli, O‘zbekiston qo‘shimcha manbalardan yoqilg‘i qidirishni faollashtirmoqda.

TAShKENT, 20-maya – Sputnik. Amerikaning Jackco Technology Group kompaniyasi O‘zbekistonda ko‘mirdan sintetik suyultirilgan yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, deb xabar qildi juma kuni "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi vakili.

O‘zbekneftegaz binosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘ztransgaz va Hyundai BS&C hamkorlikda suyultirilgan gaz uchun ballonlarni ishlab chiqaradi
"Jackco Technology Group" va "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi bugun O‘zbekistonda CTL loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzoladi”, — deb aniqlik kiritdi suhbatdosh. Hujjat Toshkentda 18-20 may kunlari bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston neft va gazi: OGU-2016" Xalqaro 20-forumi doirasida imzolandi.

"Imzolangan hujjatga muvofiq, Amerika kompaniyasi ko‘mirdan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritadi", — deb ta’kidladi "O‘zbekneftgaz" vakili. Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu loyiha yiliga 200 ming tonnagacha neft mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.

2012-2013 yillarda O‘zbekiston Toshkent viloyati “Apartak” buroko‘mir kesmasida 700 million dollar qiymatli CTL zavodi qurilishi ustida ishlashni boshlagandi. Reja bo‘yicha, zavod yiliga 2,2 million tonna ko‘mirni qayta ishlashi va 700 ming tonnagacha dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishi nazarda tutilgan. Biroq qazib olish joyida zarur miqdordagi ko‘mir bo‘lmaganligi sababli keng miqyosdagi loyiha bekor qilingan edi.

O‘zbekiston ko‘mir sohasini modernizatsiya qilish hamda 2021-yilga kelib ko‘mir qazib olishni 17,2 million tonnagacha oshirishni maqsad qilgan. (2012 yil yakuniga ko‘ra, 3,85 million tonna).

Neft-gaz sohasining bir qator ekspertlari fikriga ko‘ra, so‘nggi sakkiz yil davomida uglevodorodlar qazib olish mo‘’tadil kamaygani evaziga O‘zbekiston qo‘shimcha manbalardan yoqilg‘i qazib olish bo‘yicha qidiruvni kuchaytirdi.

Yangiliklar lentasi
0