TOShKENT, 20-may — Sputnik. Tojikiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari qo‘lga olingan giyohvand moddalarni ommviy axborot vositalari xodimlari ko‘z o‘ngida yo‘q qildilar, debb xabar qildi payshanba kuni Sputnik Tojikiston.
"OAV vakillari, prokuratura xodimlari, sud va boshqa tegishli mutasaddi tashkilotlar guvohligida joriy yilda uch oy davomida tortib olingan turli xildagi 1 tonna 516 kilogramm narkotik moddalar yoqib yuborildi”, — deyiladi xabar matnida.
Jumladan, militsiya xodimlari tomonidan 125 kg geroin, 373 kg opium, 565 kg gashish va 385 kg quritilgan nasha va 159 turdagi yovvoyi nashani yo‘q qilindi.
Bundan sal oldin, 2016-yil boshidan buyon respublikadagi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 300 kg yaqin giyohvand moddalar tortib olingani haqida xabar tarqatilgan edi.