Toshkentda bolalar modasi festivali o‘tkaziladi

© Sputnik / Organizatori proyektaToshkentda bolalar modasi festivali o‘tkaziladi
Toshkentda bolalar modasi festivali o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yillar davomida ishlab chiqarishga kiritilgan liboslar modellari mamlakat ichida shuhrat qozonibgina qolmay, balki o‘zbek ishbilarmonlari tomonidan Rossiya va MDH davlatlariga ham eksport qilinmoqda.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Toshkentda may oyi oxirida “Bolajonlar-shirintoylar 2016” bolalar modasi festivali o‘tkaziladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga loyiha tashabbuskorlari.

"Bu yil tanlov uch bosqichda amalga oshirildi. O‘tgan yilning sentabrida o‘tkazilgan birinchi saralash bosqichida 100dan ortiq o‘zbek dizaynerlari o‘z ishlarini, modellar chizmasini va kolleksiyalarini namoyish etishgandi. Ikkinchi bosqichda esa, saralab olingan modelyerlar bitta modelning tayyor namunasini taqdim etdi, hay’at a’zolari esa ijod mahsulining konstruksiyasi, qomatga o‘tirishi va ishlab chiqarilish texnologiyasiga baho berdilar", — deb ta’kidladi suhbatdosh.

© Sputnik / Organizatori proyektaToshkentda bolalar modasi festivali o‘tkaziladi
Toshkentda bolalar modasi festivali o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bolalar modasi festivali o‘tkaziladi

Natijada, tanlovning yakuniy, final bosqichiga Toshkent, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Qo‘qonddan 52ta dizayner saralab olindi.
Ishtirokchilar 7 yo‘nalishda o‘zaro bahslashadilar: bular sport, milliy va bayram liboslari, maktab formasi, bo‘lajak onalar uchun liboslar, “rret-a-porter” hamda butun oila uchun liboslar(Family Look).
Dizaynerlar kolleksiyasi ommaga 2,5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 180dan ortiq yosh moddellar tomonidan namoyish etiladi.

© Sputnik / Organizatori proyektaToshkentda bolalar modasi festivali o‘tkaziladi
Toshkentda bolalar modasi festivali o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda bolalar modasi festivali o‘tkaziladi
Yangiliklar lentasi
0