TOShKENT, 19-may — Sputnik. Moskva Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi, deb biladi va orol mustaqilligiga qarshi chiqadi, deb ta’kidladi payshanba kuni o‘tkazilgan brifing davomida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
"Biz Tayvanda ro‘y berayotgan voqealar rivojini diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Tayvanda saylovlar bo‘lib o‘tganidan xabarimiz bor. Ertaga mahalliy ma’muriyat yangi rahbarining lavozimga kirishishi tadbiri bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki, orolga kim rahbar bo‘lib tayinlanishidan qat’iy nazar, Tayvan masalasi bo‘yicha Rossiya pozitsiyasi o‘zgarmas va qat’iy bo‘lib qoladi. Rossiya dunyoda Xitoy yagonaligini, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati yagona qonuniy hukumat ekanini tan oladi va Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi deb biladi. Biz Tayvan mustaqilligiga qarshimiz,”, — deb ta’kidladi Zaxarova.
Zaxarova: Rossiya Tayvan mustaqilligini tan olmaydi
19:55 19.05.2016 (yangilandi: 20:00 19.05.2016)
© Sputnik / Aleksandr Vilf
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi deb biladi, deb bayonot qildi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.