TOShKENT, 19-may — Sputnik. Pentagon AQSh samolyoti Xitoyga qarashli qiruvchilar tomonidan tutib olingani haqida bayonot qildi. "Ushbu hodisa xavfsizlikka chang solish sifatida baholanadi", — deb ta’kidladi Pentagon vakili Jeymi Devis. RIA Novosti xabari asosida.
Janubiy Xitoy dengizi uchun so‘nggi vaqtlarda AQSh va Xitoy o‘rtasida keskin qarama-qarshiliklar yuzaga kelmoqda. Ikkala davlat ham ushbu hududda harbiy tayyorgarlikni kuchaytirgan.
Qo‘shma shtatlar Xitoyni regionni harbiylashtirishda ayblab kelyapti. Pekin esa ushbu ayblovlar asossizligini aytmoqda. Xitoy Janubiy Xitoy dengizini chegaralash masalasida Bruney, Malayziya, Vyetnam, Filippin va Tayvan davlatlari bilan hech murosaga kela olmayapti.
Pekin boshqa davlatlar ham da’vo qiluvchi Sisha va Nansha arxipelaglarini o‘ziniki deb hisoblab, orollarda va ularga qarashli dengiz suvlarida olib borayotgan harbiy faoliyatini qonuniy deb bilib keladi.
Vashington esa ushbu talash hududlarni Xitoyga tegishliligini tan olmay, o‘zining "xalqaro huquq tomonidan ruxsat berilgan joylarda uchish, suzish va harakat qilish" huquqi uchun kurash olib bormoqda.