Abdulaziz Komilov YeI vitse-prezidenti bilan uchrashdi

© Press-slujba MID Uzbekistana / Anvar IlyasovO‘zbekiston TIV rahbari Adbulaziz Kamilov va YeI vitse-prezidenti Marosh Shevchovich
O‘zbekiston TIV rahbari Adbulaziz Kamilov va YeI vitse-prezidenti Marosh Shevchovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentga tashrif uyushtirgan YeI Komissiyasining energetik ittifoq bo‘yicha vitse-prezidenti Marosh Shevchovich bilan uchrashdi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. 2016-yilning 19-may kuni O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan YeI Komissiyasining energetik ittifoqi bo‘yicha Vitse-prezidenti Marosh Shevchovich bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi TIV matbuot-xizmati.

"Suhbat chog‘ida turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan XX «O‘zbekiston neft va gazi» xalqaro konferensiyasida Yevropa Ittifoqining yuqori darajadagi delegatsiyasining ishtirok etishi O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini tasdiqlaydi.

Muloqot davomida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi sherikchilik strategiyasi doirasidagi dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Yuriy Shterk ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0