Toshkentda tashlab ketilgan 10 oylik go‘dakning ota-onasi topildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBolakay shifokor ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
Bolakay shifokor ko‘rigidan o‘tkazilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chaqaloqni militsiya xodimlari aniqlashgan. Shu paytga qadar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari go‘dakning yaqinlarini topishga harakat qilishgan edi. Bola joylashtirilgan kasalxona xodimlari bolakayning ota-onasi topilganini xabar qildi.

TAShKENT, 19-maya — Sputnik. Facebook’dagi "Potrebitel.uz" guruhi a’zolarining ma’lum qilishicha, 18-may kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining podyezdiga taxminan 9–10 oylik bolakay tashlab ketilgan.
Xabarga ko‘ra, bolani topgan militsiya xodimlari uni Uchtepa tumanidagi 3-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib borishgan. Shifokorlar go‘dakni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, uni mehribonlik uyiga yuboradi.

© FacebookRebenok. naydenniy v odnom iz podyezdov v Tashkente
Rebenok. naydenniy v odnom iz podyezdov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Rebenok. naydenniy v odnom iz podyezdov v Tashkente

Bolani kim va qanday tashlab ketgani noma’lum. Shifoxonadagilar tashlab ketilgan bola rostdan ham shifoxonaga keltirilganini tasdiqlashmoqda. Shifokorlarning aytishicha, bola o‘zini yaxshi his etapti.

Ushbu xabar internet foydalanuvchilari orasida turlicha qabul qilinmoqda.

"Bechora bola, biram shirin, biram quvnoq… (ko‘rinishidan sog‘lomga o‘xshaydi). Odamlar orasida tirnoqqa zorlar qancha, mana shunday guldek go‘dakni tashlagan ablah kim ekan? Axir hatto mushuk bolasini ham e’lon orqali begona qo‘llarga topshirishadi, bular esa tirik bolani podyezda tashlab ketishgan…", — deb izoh bergan Alisher Svetkoff niki ostidagi foydalanuvchi.

Barmat Baxadir ismli foydalanuvchi bunga javoban "Nimaga bu go‘dakni mening darvozamning oldiga tashlab ketishmadi", deb yozadi nadomat ohangida.

Foydalanuvchilar orasida jamoatchilikni bolaning ota-onasini qoralamaslikni so‘raganlar ham ko‘p. "Balki, bolakayning ota-onasiga biror kor-xol ro‘y bergandir…", deb savol tashlagan Abdug‘affor Xakimov.

Internet foydalanuvchilarining aksariyati ushbu hodisa baxtli yakun topishiga ishonch va umid bildirishgan edi. Shifoxonaga qo‘ng‘iroq qilganimizda, bizga bolakayning ota-onasi topilganini aytishdi.

"Bolakayning ota-onasi topildi, chaqaloq o‘zini yaxshi his qilmoqda", — deb xabar qildi qabulxona vakili.

Yangiliklar lentasi
0