O‘zbekiston dunyo mamlakatlari ichida choyxo‘rlik borasida birinchi o‘rinni egalladi

Obuna bo‘lish
So‘rovnoma xulosalari O‘zbekiston aholisining 99,6% choyni xush ko‘rishlarini ko‘rsatdi. Gvatemala aholisining xuddi shuncha foizi esa kahvani ma’qul ko‘rishlari ma’lum bo‘ldi

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Euromonitor International tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi O‘zbekiston aholisining deyarli barchasi choyni xush ko‘rishini ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda The Independent.

Nashr ma’lumotida, mamlakatimizning 99,6% aholisi kunni xushta’m ichimliksiz boshlamasligi xabar qilingan. Gvatemalaning xuddi shuncha foiz aholisi esa o‘z hayotini qahvasiz tasavvur qilolmasligini aytgan.

Choyxo‘rlikni xush ko‘ruvchi mamlakatlar qatoridan, shuningdek, Keniya (99,2%), Ozarbayjon (99,1%), Pokiston (99%), Xitoy (98,9%) va Misr (98,5%) o‘rin olgan.

Qahvani sevib iste’mol qiladigan davlatlar sirasiga esa Dominikan Respublikisi (99%), Braziliya va Ekvador (97,4%), Misr (96,8%), hamda Daniya (92,2%) kirgan.

Rossiyaning 77,5% aholisi choyni, 22,5% aholisi esa qahvani xush ko‘rishlari aytilgan. Buyuk Britaniyaliklar orasida ham choyni sevib iste’mol qiladiganlar soni ko‘pligi ma’lum bo‘ldi — 78,4%.

Yangiliklar lentasi
0