Florida politsiyasi polizdan tarvuz o‘g‘irlayotgan alligatorni "qo‘lga oldi"

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishAlligator
Alligator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaning Florida shtati politsiyachilari antiqa jinoyatchini fosh qiishdi: mahalliy polizlarning biridan tinmay tarvuz o‘g‘irlayotgan jinoyatchi yirik alligator bo‘lib chiqdi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. "Xendri okrugidagi polizlarning birida tarvuz o‘g‘irlash ustida alligator qo‘lga olindi", — deb xabar qilgan Floridaning qishloq xo‘jaligi sohasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. RIA Novosti xabari asosida.

Xabarga og‘zida tarvuz bilan qirg‘oqdan daroga sirg‘alib tushishga tayyorlanayotgan uch metrli timsoh surati ilova qilingan.

Assoshieyted Press agentligi shu masalada ekspertlarga murojaat qildi. Olimlar alligatorning bu harakatini g‘aroyib deb topishdi. Biolog olim Stiv Stigler esa, sayyohlar tomonidan shirinliklar bilan boqil yirtqich hayvonlarning ayrimlarida o‘ziga xos ta’m sezgisi shakllanishi mumkinligini taxmin qildi.

Yangiliklar lentasi
0