TOShKENT, 18-may — Sputnik. Sankt-Peterburglik fohishalarni yalang‘och qilib ko‘chadan marsh qilishga majburlagan "Sariq Tarzan" laqabli qoidasiz jang ishtirokchisi Vacheslav Datsik jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Bundan sal oldin Peterburg OAVlarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Sariq Tarzan montirovka bilan qurollanib olib, Vasilyev orolining 11-liniyasida joylashgan bordeldan fohishalar va mijozlarni ko‘chaga quvib chiqargan va ularni yechinishga majbur qilib, politsiyaga olib borgan. Xabarlarga surat hamda videolar ilova qilingan. Oradan ko‘p o‘tmay Tarzan boshqa bir bordelda qo‘lga olingan.
Hozirda ichki ishlar xodimlari ushbu voqea yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Datsik odam o‘ldirishga qasd qilish, o‘zboshimchalik, qasddan zarar yetkazish va kaltaklash moddalari bo‘yicha ayblanishi mumkin.
Datsik mart oyida ozodlikka chiqqan. U Peterburgdagi telefon do‘konlarining biriga hujum uyushtirgani uchun 5-yilga ozodlikdan mahrum qilingan.