O‘zbekistonda texnik moylarni qayta ishlaydigan yangi zavod ishga tushirildi

© RIA Novosti Motor moylari
Motor moylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi korxonaning ishga tushirilishi marosimida Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov ishtirok etdi. Ushbu loyihaga kiritilgan sarmoyalar umumiy hajmi 30 million dollarga yaqin. Yangi zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 40% - eksport uchun ajratilishi aytilmoqda.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov va O‘zbekiston hukumatining Bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov bugun Toshkentda video-anjuman tartibida, O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma korxonasi bo‘lmish, texnik moylarni qayta ishlovchi yangi zavodni ishga tushirishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Korxona ochilish marosimida so‘zga chiqqan Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov, O‘zbekiston bilan hamkorlik va ushbu loyiha Bolgariya va Markaziy Osiyo o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishini ta’kidladi.

"Yaqin yillarda ushbu region bilan jadal hamkorlikni yo‘lga qo‘yish harakatidamiz, shu jumladan, mana shunday texnologik loyihalar evaziga ham. Yangi zavodda 100dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Umid qilamanki, bu ikki davlat hamkorligida ishga tushirilgan oxirgi loyiha bo‘lib qolmaydi", — deb ta’kidladi Borisov.

Yangi korxona "Angren" maxsus industrial zonasida joylashgan bo‘lib, yiliga 43 ming tonna ishlatilgan moydan 30 ming tonna moy olish quvvatiga ega. Loyihaga kiritilgan sarmoya — 30 million dollarni tashkil qildi.

"Bu yiha butun Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘ziga xos va yagona hisoblanadi. Biz ishlab chiqariladigan mahsulotning 40%ni eksport qilishni rejalashtirapmiz. Qo‘shni davlatlar, jumladan, Rossiya va Ukraina davlati kompaniyalari hozirdanoq qiziqish bildirishmoqda", deb xabar qildi Uz-Prista Recycling  kompaniyasi vakili Otabek Safoyev.

Yangiliklar lentasi
0