Gruziyada ikki qavatli poyezdlar qatnovga qo‘yiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishYangi ikki qavatli poyezd
Yangi ikki qavatli poyezd - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu zamonaviy poyezdlar Yevropa standartlari talabiga to‘liq javob beradi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik, Megi Kikaleyshvili. Shveysariyada ishlab chiqarilgan yangi ikki qavatli Stadler poyezdlari joriy yil yoz mavsumida Tbilisi va Gruziya kurort shaharlari o‘rtasida qatnovga qo‘yiladi, deb xabar qiladi RIA Novosti.
"Yaqin orada ikkita ikki qavatli poyezd ishga tushiriladi. So‘ngra yana shunday ikkita poyezdni ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Poyezdlar yevropa standartlari talabiga to‘liq javob beradi. To‘rt poyezd ham zamonaviy texnika va xavfsizlik tizimi bilan jihozlanadi. Bu poyezdlarda hatto imkoniyati chegaralangan kishilar ham harakatlanishi mumkin", — deb ta’kidladi agentlikka Gruziya Temir yo‘llari ma’muriyatidagi manba.
Xabarlarga ko‘ra, poyezdlar iyul oyi o‘rtalaridan ishga tushirilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0