Toshkentga Osiyoning eng kuchli shaxmatchilari tashrif buyuradi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishKichkintoylar shaxmat o‘yinida ishtirok etishmoqda
Kichkintoylar shaxmat o‘yinida ishtirok etishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent ilk marotaba 20ta davlatning eng kuchli shaxmatchilarini qarshi olmoqda.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. 26-may kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha qit’a chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston ilk bor shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi, deb xabar qilinmoqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy saytida.

Toshkent 20 davlatning: Afg‘oniston, Bangladesh, Xitoy, Gongkong, Indoneziya, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Mo‘g‘uliston, Yangi Zelandiya, Ummon, Pokiston, Singapur, Tojikiston, BAA, O‘zbekiston va Vyetnamning kuchli shaxmatchilarini qarshi oladi.

Hisob bo‘yicha 15-bor o‘tkazilayotgan yuqori darajadagi chempionatda ishtirok etish uchun xalqaro reytingi 2700 lik ko‘rsatkichdan oshadigan taniqli jahon shaxmatchilari, shuningdek, 32 nafar xalqaro va 8 nafar Osiyo grossmeyster ayollardan dastlabki arizalar qabul qilindi.

O‘zbekiston nomida Rustam Qosimjonov, Jahongir Vohidov, Marat Jumayev, shu yil respublika chempioni bo‘lgan Nodirbek Yakubboyev, ayollar o‘rtasida xalqaro ustalardan Gulruxbegim Tohirjonova, Irina Gevorgan va boshqalar ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0