Janubiy Koreya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

© AP Photo/Ahn Young-joonJanubiy Koreya Bosh vaziri Xvan Gyo An
Janubiy Koreya Bosh vaziri Xvan Gyo An - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif dasturi davomida Toshkent shahrida Koreya madaniyati va san’ati uyi qurish masalasi muhokama qilinadi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. 19-may, payshanba kuni Janubiy Koreya Bosh vaziri Xvan Gyo An rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

"Tashrif dasturidan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv o‘rin olgan", — deyiladi vazirlik axborotida.

Shuningdek, hukumatlararo muzokaralar o‘tkazish, ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshirilgan yirik loyiha – Surg‘il koni negizida barpo etilgan Usturt gaz-kimyo majmuasi qurilishining yakunlanishi hamda Toshkent shahrida Koreya madaniyati va san’ati uyining qurilishi bo‘yicha ishlarning boshlanishiga bag‘ishlangan marosimlarda ishtirok etish ham rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0