Besh nafar rossiyalikni qatl etganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik sud qilinadi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPolitsiya xodimlari aybdorni olib kelishmoqda
Politsiya xodimlari aybdorni olib kelishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tergov Qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, qotillikda gumon qilinayotgan Sirojiddin Sheraliyev Rossiya hududida qonunga xilof ravishda yashab kelgan.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Tula viloyati prokuraturasi 5 kishini o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi Sirojiddin Sheraliyevga nisbatan ochilgan jinoiy ishni sudga taqdim etdi, deb xabar qilinmoqda Rossiya Bosh prokuraturasi rasmiy saytida.

Tergov Qo‘mitasi Sirojiddin Sheraliyevni 5 kishini o‘ldirganlikda ayblamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Sheraliyev Rossiya hududida qonunga zid ravishda istiqomat qilib kelgan.

"G‘arazgo‘y jabrdiydalardan birining uyali aloqa vositasini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan, ammo voqea joyidan g‘oyib bo‘lmoqchi bo‘lganida, politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda sud qarori bilan Sheraliyev hibsda saqlanmoqda. Jinoiy ish esa ko‘rib chiqish uchun Tula viloyati sudiga yo‘naltirildi", — deyiladi xabar matnida.

2015 yil 30-mayga o‘tar kechasi Tulaning Kosaya Gora qo‘rg‘onidagi xususiy uylardan birida 2 ayol va 3 nafar bolaning jasadi topilgan edi. Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 10 va 11 yoshdagi ikki qiz, ularning 5 yashar ukasi hamda bolalarning 29 yoshli onasi va 49 yoshli buvisi o‘ldirilgan. O‘ldirilgan bolachalarning 7 yashar akasi va ayollardan biri bilan birga yashab kelgan 37 yoshli erkak shifoxonaga yotqizilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0