TOShKENT, 16-may — Sputnik. Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Xillari Klinton AQSh iqtisodiyotini yangilashni o‘zining turmush o‘rtog‘i — Bill Klintonga topshirishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti ABC News telekanalidan olingan ma’lumoti asosida.
"U bu ishni qanday uddalashni biladi", — deb ta’kidlagan Klinton xonim saylovoldi kampaniyasi doirasida saylovchilar bilan uchravi chog‘ida.
Xillari Klintonning so‘zlariga qaraganda sobiq prezident ega bilimlar, ayniqsa, ko‘mir qazib olinadigan hududlar (AQShning janubiy qismi), milliy kamchiliklar yashaydigan shaharlar hamda "shu paytgacha umuman e’tibor qaratilmagan mamlakatning boshqa hududlarida" ish berishi tayin.
Eslatib o‘tamiz, Bill Klinton AQShning 42-prezidenti bo‘lib, mamlakatni 1992-2000 yillarda boshqargan.
2016-yilda bo‘lib o‘tayotgan AQSh prezidentligiga bo‘layotgan "poyga"da esa Xillari Klinton yetakchi nomzodlardan biri hisoblanadi.