TOShKENT, 16-may – Sputnik. Shanba kuni Xovan qabristonida bo‘lib o‘tgan ommaviy mushtlashuvdan so‘ng qo‘lga olingan 50 kishi Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkin. Hibsga olinganlar Rossiya migratsiya qonunchiligini buzganlikda ayblanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi.
Moskva IIV rahbariyati ma’lumotiga ko‘ra, Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuvda 200ga yaqin kishi ishtirok etgan, ulardan 50 nafari voqea joyida qo‘lga olingan. Moskva shahar sog‘liqni saqlash departamenti xabariga ko‘ra, mushtlashuv oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 23 kishi kasalxonaga yotqizilgan, jarohatlanganlar orasida 4 kishining ahvoli og‘ir. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, janjal qabriston hududini "bo‘lib olish" payida bo‘lganlarning o‘zaro kelishmovchiligi asosida ro‘y bergan.
Qotillik holati yuzasidan Rossiya Tergov Qo‘mitasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning teng yarmi migratsiya qonunchiligini buzganligi va huquqbuzarlik holatini sodir etgani uchun deportatsiya qilinishi mumkin.
"Ayni vaqtda qo‘lga olinganlar soni 110 nafardan ko‘p. Ular orasida 12 kishi umuman hech qanday hujjatga ega emas, 30 kishi esa qonunga xilof ravishda mamlakat hududida yashab yurganligi aniqlandi. Qo‘lga oldinganlarning shaxsi tiklanib, jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilgach, deportatsiya qilinishi uchun sudga yuboriladi”, — deb xabar qildi manba.