Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv tafsilotlari

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskvadagi Xovan qabristonida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi.
Moskvadagi Xovan qabristonida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dafn qilish marosimi ishchilari Moskva shahar Xovan qabristonida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuv tafsilotlari haqida aytib berishdi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Dafn qilish marosimi ishchilari Moskva shahar Xovan qabristonida shanba kuni ro‘y began ommaviy mushtlashuv tafsilotlari haqida aytib berishdi.

Rossiya politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi qabristonlarning birida 400 nafar osiyolik ishtirokida otishma ro‘y berdi

Moskva IIV rahbariyati ma’lumotlariga ko‘ra, Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuvda 200ga yaqin kishi ishtirok etgan, ulardan 50 nafari voqea joyida qo‘lga olingan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, janjal sababi: qabristonda xizmat ko‘rsatish uchun hududni bo‘lib olish payida bo‘lganlar tufayli ro‘y bergan.

"Bu hujum oldindan rejalashtirilgan va bizga, qabriston ishchilariga nisbatan qaratilgan. Ular (hujum qilganlar) qabristonga har tomondan bostirib kela boshladilar va mijozlar ko‘z o‘ngida bizni do‘pposlay boshladilar, mashinalardan turib o‘qqa tutdilar" — deb hikoya qildi RIA Novostiga qabriston ishchilaridan biri.

Suhbatdoshning so‘zlariga qaraganda, rejalashtirilayotgan hujum haqida hammaga oldindan ma’lum bo‘lgan.

"Biz hujum rejalashtirilayotgani haqida xabar olganimizdan so‘ng, albatta, rahbariyatga murojaat qildik. Qabristonga posbonlar qo‘yildi. Hatto, bir necha kun davomida OMON bizni qo‘riqladi. Bugun, OMON jangchilari olib tashlanganidan bir necha soat o‘tib ular yugurib kela boshlashdi. Ular hammani, hatto ayollarni ham kaltakladi", — dedi suhbatdosh.

RIA Novostiga qabriston ma’muriyatidagi manba bergan xabarga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda bir necha millat diasporalari vakillari ishtirok etgan. Bir tomondan — o‘zini himoya qilayotganlar sifatida — mushtlashuvda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etganlar. Ular qabristonga ishlashadi — xizmat ko‘rsatuvchi personal sifatida. Ularga hujum qilganlar esa Dog‘iston va Checheniston fuqarolaridir. Dog‘istonliklar va chechenlar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini bu yerdan haydab solib, ushbu hududni egallab olishmoqchi bo‘lgan.

Manbaning so‘zlariga qaraganda, bunday katta qabristonga xizmat ko‘rsatish mo‘maygina daromad keltiradi, mojaro ham shu tufayli kelib chiqqqan.

Ommaviy mushtlashuv oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, o‘n kishi jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0