Moskvadagi Xovan qabristonida mushtlashganlarning 50 nafari voqea joyida qo‘lga olindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskva shahridagi Xovan qabristonida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi.
Moskva shahridagi Xovan qabristonida ommaviy mushtlashuv ro‘y berdi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ommaviy mushtlashuv natijasida 2 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jarohatlangani xabar qilinmoqda.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Moskva shahridagi Xovan qabristonida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuvda 200 kishi ishtirok etgan, ulardan 50 nafari voqea joyida qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Rossiya politsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi qabristonlarning birida 400 nafar osiyolik ishtirokida otishma ro‘y berdi

Bundan sal oldin shanba kuni Moskvadagi Xovan qabristonida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuvda 500 kishi ishtirok etayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

"Hozir aniq bo‘lishicha, ushbu hodisada 200ga yaqin kishi ishtirok etgan, ulardan 50 nafari qo‘lga olindi. O‘n kishi jarohatlangan, shu jumladan, 2 kishi halok bo‘lgan", — deb xabar qilmoqda Moskva shahar IIV hududiy bo‘linma matbuot-xizmati.

Voqea joyida qo‘llanilgan otishma qurollari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

"Ayni vaqtda mojaro to‘liqbartaraf etildi, hodisa joyiga poytaxt politsiya xizmati rahbari Anatoliy Yakunin yetib keldi. Tezkor tadbirlar va surishtiruv ishlari davom etmoqda", — deb xabar qilishdi politsiyachilar.

OMON qo‘lga olinganlarni avtobuslarda olib chiqmoqda, qabriston hududi qurshab olingan.

Yangiliklar lentasi
0