TOShKENT, 13-may — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi a’zolari tomonidan Iroqda joylashgan Madridning “Real” fan-klubiga uyushtirilgan bu hujum natijasida, 16 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qiladi El País nashri. RIA Novosti xabari asosida.
Payshanba kuni kechqurun uch nafar noma’lum shaxs Iroqning shimoliy qismida joylashgan kafedagi odamlarga qarata pulemotdan o‘q ochdi. Bu kafeda dunyoga mashhur “Real” muxlislarining fan-klubi joylashgan edi. O‘n olti kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi, deb xabar qilinadi fan klubning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Ushbu hujum “munofiqlik terakti” deb nom oldi.
Hujum qilganlar ko‘zdan g‘oyib bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo sal keyinroq, terrorchilardan biri, politsiya tomonidan qo‘lga olinishiga bir bahya qolganida, bozorcha yonida belidagi “shohid kamarini” ishga tushirgan.
"Iroqdagi “Real” muxlislariga qarshi uyushtirilgan hujum meni larzaga keltirdi. Terrorchilik futbolga hujum qilmoqda. Biz qurbonlar va ularning oilalari bilan birgamiz. Futbol terror nishoniga aylanmoqda”, — deb yozgan o‘zining Twitterdagi mikroblogida Ispaniya professional futbol ligasi(LFP) prezidenti Xavyer Tebas.