Terrorchilik to‘g‘risidagi qonun Turkiya va YeI o‘rtasidagi bitimni yo‘qqa chiqarishi mumkin

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishDunyo shaharlari. Anqara
Dunyo shaharlari. Anqara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya vaziri mamlakatdagi notinch holat tufayli hukumat ayni vaqtda terrorchilik haqidagi qonunga tuzatishlar kiritolmasligi ma’lum qildi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha Turkiya vaziri Volkan Bozqir terrorchilikka qarshi qonun atrofidagi muzokaralar tufayli Anqara va YeI o‘rtasidagi migrantlar bo‘yicha imzolangan kelishuv yo‘qqa chiqishi mumkinligi haqida xabar qildi. RIA Novosti xabari asosida.

Turkiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi notinch holat tufayli, hukumat ayni vaqtda terrorchilik haqidagi qonunga tuzatish kirita olmaydi.

"Bu juda nozik masala. Hozirgi sharoitda, siyosiy nuqtayi nazardan olib qaralganda, terrorchilikka qarshi qonunga tuzatish kiritishning imkoni yo‘q”, — deb ta’kidladi Bozqir Reyter agentligiga bergan intervyusida.

U shuningdek, Turkiyaning terrorchilikka qarshi qonunchiligi boshqa davlatlarnikidan “kam emasligini” aytib, Yevrokomissiyani ushbu masala yuzasidan o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Yevroparlament raisi Martin Shulsning rasmiy vakili RIA Novostiga Anqara YeI tomonidan qo‘yilga barcha talablarni bajargan taqdirdagina, Turkiya fuqarolariga Yevropaga yo‘l ochilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0