Piyodalar yo‘laklarida xavfsizlik oynalari o‘rnatiladi

© Sputnik / StringerSfera shaklidagi xavfsizlik oynalari
Sfera shaklidagi xavfsizlik oynalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sfera shaklida bo‘lgan oynalar haydovchilarga yo‘l chetida turgan avtomobillar yoki boshqa to‘siqlar ortidagi piyodalarni ko‘rish imkonin beradi.

TOShKENT, 13-maya — Sputnik. Toshkentda piyodalar yo‘laklarida maxsus sfera shaklidagi oynalar o‘rnatilmoqda, bu esa piyodalar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi, Nuz.uz nashri xabariga asosan.

Bunday oynalarning birinchisi, Qichik Halqa yo‘lida, Botkin mozori yonidagi piyodalar yo‘lagida paydo bo‘ldi. Sfera shaklida bo‘lgan oyna haydovchiga piyodalar yo‘lini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi va YTH oldini olishga xizmat qiladi.

Poytaxt markaziy ko‘chalarining o‘rta qismida to‘siqlar o‘rnatilganidan keyin, yo‘l chetini ko‘rish imkoniyati keskin pasaydi. Piyodalar yo‘liga yaqinlashayotgan yo‘lovchilarni ko‘rish juda mushkul bo‘lib qoldi. Ular avtomobil oldadan to‘satdan chiqib qolish holatlari ko‘paydi.

Undan tashqari piyodalar yo‘li yaqinida avtomobil to‘xtab turgan bo‘lsa ham yo‘ldan o‘tayotgan odam haydovchiga ko‘rinmaydi. Bunday oynalar o‘rnatish yo‘l ustida joylashgan boshqarilmaydigan piyodalar yo‘laklari muammosini hal qiladi.

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab yangilangan YHX qoidalari kuchga kirdi. Ushbu qoidalar nafaqat haydovchilar balki piyodalarga ham taaluqlidir. Xususan, piyodalarga yo‘ldan o‘tish vaqtida smartfon, pleyer, kitob kabi diqqatni chalg‘ituvchi vositalardan foydalanish ta’qiqlanadi. Haydovchilarga ham piyodalar yo‘lagiga yaqinlashgan vaqtda tezlikni kamaytirish belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0