Shanba kuni Toshkentda “Kasaba TUR” 2016 velomarafoni o‘tkaziladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVeloyo‘lak
Veloyo‘lak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Velomarafon marshruti quyidagicha: Abdulla Qodiriy ko‘chasidan “Jasorat” monumentiga qadar va orqaga.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Ertaga, 14-may kuni Toshkentda “Kasaba-tur” velomarafonining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi. O‘zbekiston  Kasaba Uyushmalari federatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan ijtimoiy aksiyaga velosipedga ega bo‘lgan 25 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ham qo‘shilishlari mumkin, deb xabar qilinmoqda tadbir tashabbuskorlari saytida.
Velomarafon marshruti quyidagicha: Abdulla Qodiriy ko‘chasidan to “Jasorat” monumentiga qadar va orqaga. Yig‘in vaqti – 8:00dan 9:00gacha.

Marafon bir necha zayezdda o‘tkaziladi. “Sog‘lom ona va bola” yili munosabati bilan birinchi bo‘lib 5-7 yoshdagi bolakaylar va oilalar ushbu marafonni boshlab berishlari aytilmoqda. Ulardan so‘ng sportsmenlar va sport veteranlari, shundan so‘ng esa to‘rt zayezdda korxona va tashkilot ishchi xodimlari o‘zaro bahslashadilar. Velosport ishqibozlari 9 va 10 zayezdlarga qo‘shilishlari mumkin, deyilgan sayt xabarida.

Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad – sportni ommalashishiga hissa qo‘shish, mehnat jamoalarida va oilalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish.

Yangiliklar lentasi
0