Xitoy “bush oyoqchalarini” okean ortiga qaytardi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDanilovskiy rinok v Moskve
Danilovskiy rinok v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Umumjahon Savdo Tashkiloti - USTga qilgan ko‘plab arznomalariga qaramasdan Xitoy o‘z bozorini AQSh tovuq go‘shti uchun berkitdi. Ekspert Aleksandr Savelyevning fikriga ko‘ra – bu o‘z bozorini himoya qilish yo‘lida qo‘yilgan to‘g‘ri qadam.

TOShKENT, 13-may –Sputnik. Xitoy AQShning USTga qilgan ko‘plab arznomalariga qaramasdan o‘z bozorini AQSh tovuq go‘shti uchun berkitdi. AQShning ko‘plab arznomalariga Xitoy Tijorat vazirligi – afsus, deb javob qaytardi.

Oldinroq, AQSh Savdo vakolatxonasi (USTR) Umumjahon Savdo Tashkilotiga bir necha bor arz qilgandi. USTR rahbari Maykl Fromanning aytishiga qaraganda Xitoyning dempingga qarshi va kompensatsiya to‘lovlari UST normalariga to‘g‘ri kelmaydi.

Xitoy Tijorat vazirligi dempingga qarshi va kompensatsiya to‘lovlarini 2010-yilda kirtigan edi. 2013-yilda UST AQShning Xitoy ustidan qilgan arznomalarini ko‘rib chiqib ularning barchasi borasida AQSh foydasiga qaror chiqargan edi. Undan keyin Xitoy qayta tekshiruv o‘tkazdi va 2014-yil iyulida o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish uchun qo‘shimcha dalillar keltirgan edi.

Ekspert Aleksandr Savelyev Xitoyning hatti-harakatlarini to‘liq ma’qulladi.

“Xitoyning ichki bozorini o‘z ishlab chiqaruvchilari uchun saqlab qolishi — mutlaq to‘g‘ri. Umuman, nima kerak ularga o‘sha amerikaning GMOli mahsuloti? USTga arznomalar o‘nlab yillar davom etishi mumkin. Xitoy bo‘lsa, bir martada o‘z bozori yopdi, gap tamom — vassalom”, — deydi ekspert. 

“Xitoyliklarga barakalla deyish kerak. Biz ulardan o‘rgansak bo‘ladi. Bir tasavvur qilib ko‘ring-a, UST – bu AQShning yirik korporatsiyalari tomonidan tashkil qilingan va ularning manfaati yo‘lida ishlayotgan tashkilotdir. AQShda qishloq xo‘jaligi yuqori natijalarga erishdi, UST bo‘lsa AQSh mahsulotlarini butun dunyoda sotish uchun yaratilgan, aslida”, — dedi Savelyev Sputnik radiosi efirida.

Uning fikriga ko‘ra kelajakda ham Xitoy AQSh tovuq go‘shti uchun o‘z bozorini ochmaydi.

Yangiliklar lentasi
0