TOShKENT, 13-may — Sputnik. Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri Temir Soriyev 2015-yilning dekabrida Xitoyga rasmiy tashrif uyushtirgan edi. Soriyev Xitoyning Chjenchjou shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining 14-yig‘ilishida ishtirok etgandi.
Tashrif davomida Soriyev xitoylik hamkasbi bilan muzokaralar o‘tkazib, qator ikkiyoqlama hujjatlar imzolanishida qatnashgan. O‘sha vaqtda tomonlar XXR ortiqcha ishlab chiqarish korxonalarini Qirg‘izistonga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib olishgan.
Sabzakovning so‘zlariga qaraganda, hozirda mamlakat ishlab-chiqarish sohasiga investitsiyalarni jalb qilish borasida faol ish olib borilmoqda.
"Yil boshidan buyon 49 ta ishlab chiqarish korxonasi o‘z ishini yangitdan boshladi", — deya xabar qildi u.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy Qirg‘izistondagi eng yirik strategik sarmoyadorlardan biri hisoblanadi. Tovarayriboshlash bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Qirg‘iziston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilda Qirg‘izistonning XXR bilan tashqi savdo aylanmasi 1,2 milliard dollardan ziyodni tashkil qilgan.