Saudiya Arabistoni eronliklarni Hajga kiritmayapti

Obuna bo‘lish
Eron Madaniyat va islom yo‘nalishi vaziri Ali Jannatiy payshanba kuni Eron fuqarolari bu yil Saudiya Arabistoniga haj safarini ado etish uchun bora olishmaydi, deya bayonot qildi. Vazirning aytishicha, Ar-Riyod eronlik ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdan bosh tortgan.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Saudiyalik mansabdorlarni Eronlik ziyoratchilar haj safarini ado etishi uchun sharoit yaratib berishdan bo‘yin tovlaganlikda ayblar ekan, Jannatiy shunday dedi: "Biz qo‘limizdan kelgancha harakat qildik, ammo saudiyachilar bizning urinishlarimizga zimdan qarshilik ko‘rsatdi. Endi esa vaqt o‘tdi". Bu haqda Eron Islom Respublikasi axborot agentligi xabar qilgan.

Iroqdagi shia musulmonlarining shayx Nimr al-Nimr qatliga qarshi namoyishi. - Sputnik O‘zbekiston
Eron va Saudiya Arabistoni “sovuq urushi”ning 7 sababi

Jannatiyning ta’kidlashicha, Eron Saudiya Arabistoni hukumati bilan to‘rt oy davomida haj bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni hal qilishga harakat qilgan. Bir qator masalalarni muhokama qilish uchun Saudiyaga yo‘l olgan Eron delegatsiyasi ikki oygacha Saudiya vizalarini kutgan.

Saudiyalik amaldorlar eronlik ziyoratchilarga vizalar borasida hech qanday va’da berishmagan, aksincha, ularga Saudiya arabistoniga kirish uchun vizani uchinchi mamlakatlarga borishlari kerakligini aytishgan, bularning barchasi eronliklar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmaganligini isbotlaydi", — dedi Jannatiy.

Saudiya Arabistoni 3-yanvar kuni taniqli shia xatibi shayx Nimr an-Nimrning qatl qilinganidan g‘azablangan namoyishchilar to‘dasi Ar-Riyodning Tehrondagi elchixonasi hamda Mashhaddagi konsullik hududiga bostirib kirganliklaridan so‘ng Eron bilan munosabatlarini uzdi.
Saudiya Arabistonida Eron konsulligining yo‘qligi bois qirollik Tehronning vizalar, parvozlar, ziyoratchilarning xavfsizligini hamda ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlashga doir talablarni qondirishdan bosh tortdi.

Yangiliklar lentasi
0