TOShKENT, 13-may — Sputnik. Uch nafar noma’lum shaxs Iroqning shimoliy qismida joylashgan kafedagi odamlarga qarata o‘q ochdi, 12 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi, deb xabar qiladi RIA Novosti Reyter agentligidan olingan ma’lumotlar asosida.
Hodisa kechasi Balad shahrida ro‘y bergan. Xabarlarga ko‘ra, hujum o‘n daqiqa davom etgan, boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Iroq poytaxti bir qator teraktlarni boshdan kechirdi. Terrorchilar hujumi natijasida, 94 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 150 kishi jarohatlandi. Teraktlar uchun javobgarlikni “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi o‘z bo‘yniga olgan.