TOShKENT, 13 may — Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tennis maydonlarida 15, 21 va 22 may kunlari futbol bo‘yicha butun O‘zbekiston korxonalari orasida turnir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbirning Facebookdagi sahifasida xabar berilgan.
“Korporatsiyalar jangi” deb nomlangan turnirda O‘zbekistonda ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan TPS, UKTD, Nome Market, East-West Engineering, Knauf va DJ Petishka kompaniyalari ishtirok etadi.
Jamoalar kompaniya sha’ni uchun va kunning sportchi qahramoni nomi uchun kurashishadi. Turnirda har bir kishi qatnashishi mumkin. Buning uchun turnir tashkilotchilari bilan Facebook orqali 13-mayga qadar bog‘lanish kerak.