Tojikistonda o‘z aybiga iqror bo‘lgan ekstremistlar ozod qilinmoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishTerrorchilar, Suriya.
Terrorchilar, Suriya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston qonunchiligiga muvofiq, agar shaxs o‘z aybiga iqror bo‘lib, tavba-tazarru bilan huquqni muhofaza qilish organlariga tashrif buyursa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Undan birgina ekstremistik guruhlarga aldov yo‘li bilan kirib qolganlikni isbotlash, talab etiladi, xolos.

TOShKENT, 12-may – Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikistonda ta’qiq ostiga olingan estremistik oqim a’zolari o‘z xohishiga ko‘ra aybiga to‘liq iqror bo‘lishsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi, deb xabar qildi payshanba kuni Tojikiston IIV, RIA Novosti xabari asosida.

Tojikiston Respublikasida “Salafiya”, “Tablig‘”, “Musulmon birodarlar” harakatlari, “Ansarulloh”, “Xizb ut-Tahrir al-Islomiy”, “Islom davlati” terrorchilik uyushmalari faoliyati ta’qiq ostiga olingan.

Tojikiston Bosh prokuraturasi va IIV xabariga ko‘ra, "Salafiya” harakatiga ergashgan o‘nlab fuqarolar jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.

"Hozircha to‘liq ro‘yxat yo‘q, ammo, gap o‘nlab odamlar haqida bormoqda. Yaqinda Suriya va Iroqdan o‘z ona yurtiga – Tojikistonga qaytgan 150 fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan edi”, — dedi jurnalistlarga Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot-kotibi Muhammadrizo Halifazoda.

Yangiliklar lentasi
0