Saudiya Arabistonida ayollar mashina haydash huquqi uchun kurashmoqda

© AFP 2023 / MARWAN NAAMANISaudiya Arbistonida ayollar mashina haydash huquqi uchun kurashmoqda
Saudiya Arbistonida ayollar mashina haydash huquqi uchun kurashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni – ayollarga mashina haydash ta’qiqlangan dunyodagi yagona mamlakat. Ayol kishining mashina haydagani ma’lum bo‘lsa, unga jarima solinishi yoki qamoqqa olinishi mumkin.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda #IWillDriveMyCarJune15 xeshtegi ostida tadbir boshlandi. U Saudiya Arabistonilik haydovchilik huquqi uchur kurashayoigan ayollarga ko‘maklashishga qaratilgan, The Independent nashri xabair asosida.

15 iyun kuni avtomobilchilar ushbu qonunga qarshi qaratilgan avtonamoyish uyushtirmoqchi. Bunga qarshi bo‘lganlar ham bor. Ularning fikriga ko‘ra “mashina haydayotgan ayol atrofdagi erkaklarning diniy his tuyg‘ulari va g‘ururiga zid” emish.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni — ayollarga mashina haydash ta’qiqlangan dunyodagi yagona mamlakat. Bu mamlakatda haydovchilik guvohnomasi faqat erkaklarga beriladi. Ayol kishining mashina haydagani ma’lum bo‘lsa, unga jarima solinishi yoki qamoqqa olinishi mumkin.

© AFP 2023 / FAYEZ NURELDINEV Saudovskoy Aravii jenshini borutsya za pravo vodit mashinu
V Saudovskoy Aravii jenshini borutsya za pravo vodit mashinu - Sputnik O‘zbekiston
V Saudovskoy Aravii jenshini borutsya za pravo vodit mashinu

Ayollar huquqlarini himoya qiluvchi yosh faollar hukumatga, haydovchilik guvohnomasi olish yoki, ayollarni olib yuradigan maxsus transport ajratishni talab qilmoqchi.

Aytgancha, o‘tgan yilning dekabr oyida Saydiya Arabistoni ayollari tarixda birinchi marta mahalliy saylovlarda ishtirok etishdi. Saylovda 900 dan ortiq ayol va 6 ming erkak qatnashdi.  

Saydiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul Aziz 2011-yil sentabr oyida ayollarga saylovda qatnashish huquqini bergan edi. Undan tashqari ayollar nafaqat mahalliy boshqaruv organlariga, balki mamlakat oliy kengashi – Sho‘roga ham saylanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0