"Gidromex" davlat kompaniyasi O‘zbekistonga 7ta daryo tubini chuqurlashtiruvchi kema yetkazib beradi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishDaryo tubini chuqurlashtirishda ishlatiladigan kemalar
Daryo tubini chuqurlashtirishda ishlatiladigan kemalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, kemalardan O‘zbekistondagi kanallarni tozalashda foydalaniladi.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. "Gidromex" davlat kompaniyalari guruhi O‘zbekistonga daryo tubini chuqurlashtiruvchi 7ta kema yetkazib beradi, deb xabar qilmoqda "PortNyus" ma’lumotlar portali, kompaniyalar guruhi rasmiy-xizmatiga ilova qilgan holda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kemalardan O‘zbekiston kanallarini tozalashda foydalaniladi. Rossiya kompaniyasi yetkazib beradigan kemalarning mehnat samaradorligi soatiga 1600 kub m tashkil qilishi aytilmoqda.

Rejaga muvofiq, suv havzalari tubini tozalovchi uskunalar "Gidromexmontaj" O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasida ishlab chiqiladi. Kemalarni ishlab chiqishda Ribinsk shahridagi "Gidromexanizatsiya zavodi"da ishlab chiqarilgan mashina komplektlardan foydalanishi aytilmoqda.

"Gidromex" zavodi, avval ham O‘zbekistonning daryo tubini chuqurlashtiruvchi flotini yangilash dasturi doirasida 16ta kemani yetkazib bergan edi.
2020 yilgacha O‘zbekiston 30ga yaqin shunday texnikani xarid qilishni rejalashtirgan. Bunda, buyurtmachining talabiga ko‘ra, o‘zbek korxonasidagi mahalliylashtirish darajasi yiliga 10-15%ga ortishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0