Manba: YeI Kengashi Turkiya uchun vizani bekor qilishga kirishdi

© Sputnik / Mixail Palinchak / Mediabankka o‘tishYevroparlament raisi Martin Shuls
Yevroparlament raisi Martin Shuls - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan sal oldin Yevroparlament raisi Martin Shulsning rasmiy vakili viza tartibini osonlashtirish jarayoni Anqara YeI tomonidan qo‘yilgan shartlarning barchasini bajargan taqdirdagina ishga tushishi haqida aytgan edi.

TOShKENT, 12 may — Sputnik, Aleksandr Shishlo. Ekspertlar Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi vizasiz tartibni qonunan rasmiylashtirishga kirishdilar, deb xabar berdi RIA Novosti YeI Kengashidagi manbadan olingan ma’lumot asosida.

"Ekspertlar kecha (chorshanba kuni tahr.) Yevrokomissiya taklifi yuzasidan rasmiy ishlarni boshlab yuborishdi", — deb xabar qildi agentlikka suhbatdosh.

E’tiborlisi, sal oldin esa Yevroparlament raisi Martin Shulsning rasmiy vakili viza tartibini osonlashtirish jarayoni Anqara YeI tomonidan qo‘yilgan 72 shartning barchasi bajarilgan taqdirdagina ishga tushishi haqida aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bajarilishi kerak bo‘lgan shartlar sirasiga mamlakatda korrupsiyaning yo‘q qilinishi, Yevropol bilan tezkor ravishda bitim tuzish muzokaralarini o‘tkazishi, YeI tarkibiga kiruvchi barcha mamlakatlar bilan sud hamkorligini yo‘lga qo‘yishi, shuningdek, ma’lumotlar himoyasi bo‘yicha qoidalarni YeI standartlariga muvofiqlashtirish kabi talablar kiritilgan.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Yevrokomissiyaning bu pozitsiyasini qattiq tanqid ostiga oldi va Anqara terrorchilikka qarshi qonunlarga o‘zgartirish kiritmasligini ma’lum qildi. “Kechirasiz, lekin biz o‘z yo‘limizda ketapmiz, sizlar o‘z yo‘lingizdan boravering”, — deb ta’kidladi Turkiya rahbari.

Viza tartibini erkinlashtirish – Anqara va Brussel o‘rtasida mart oyida qochqinlar borasida tuzilgan kelishuvning bir qismidir. Yevropaga yo‘l ochilishi uchun Anqara Yevropa Ittifoqining 72ta shartini bajarishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0