TIV "Jahon" AA direktori etib Abror Gulyamov tayinlandi

© Sputnik / StringerMatbuot va xabarlar agentligi
Matbuot va xabarlar agentligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining sobiq rahbari Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi "Jahon" axborot agentligi direktori etib tayinlandi.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriligi qoshidagi "Jahon" axborot agentligining yangi rahbari lavozimiga Abror Gulyamov tayinlandi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot-xizmati.

2016-yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov TIV “Jahon” axborot agentligi direktori etib tayinlangan Abror Gulyamovni tanishtirdi.

Abror Gulyamov ungacha O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi rahbari sifatida ishlagan.

TIV qoshidagi "Jahon" axborot agentligiga 2010-yildan buyon Fozil Qo‘qonboyev rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0