AQShda “Rossiya targ‘ibotiga” qarshi agentlik tashkil qilshmoqchi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishVashington
Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Bunday agentlik tashkil qilish dunyoda barqarorlikni ta’minlash va mojarolarni oldini olish uchun, AQSh tomonidan kuchli haqiqat oqimini yo‘naltirish imkonini beradi”, - dedi kongressmen.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. AQSh Kongressi a’zosi Adam Kitsinger “Rossiya va Xitoy targ‘ibotiga qarshi kurash uchun” yangi federal agentlik tashkil qilish tashabbusi bilan chiqdi, RIA Novosti Washington Examiner xabari asosida.

Qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, Rossiya va Xitoy dunyoda AQSh ta’sirini kamaytirish uchun targ‘ibotning ko‘plab asboblarini ishlatmoqda. “Bunday agentlik tashkil qilish dunyoda barqarorlikni ta’minlash va mojarolarni oldini olish uchun, AQSh tomonidan kuchli haqiqat oqimini yo‘naltirish imkonini beradi”, — dedi kongressmen.     

Siyosatchi aytishiga qaraganda, bunday targ‘ibotga qarshi, AQSh Davlat departamentidagi Ma’lumotni analiz qilish markazi kurashishi kerak. Ushbu markaz informatsion urushni kuzatib borishi va AQSh milliy xavsizligiga qarshi qaratilgan operatsiyalarni fosh qilishi kerak.

Loyihaning yana bir muallifi Ted Lyu aytishicha, chet el targ‘iboti nafaqat g‘arbga qarshi kayfiyatlarni tarqatmoqda, balki jamiyat fikrini buzib, demokratiyaga va AQSh manfaatlariga putr yetkizmoqda. “Qisqasini aytganda, ular dunyoni xavfliroq qilmoqda”, — deb yakunladi siyosatchi.

Qonun loyihasini ikkala partiyadan ham o‘ndan ziyod kongressmenlar qo‘llab-quvvatladi.

 

Yangiliklar lentasi
0