O‘zbekiston fuqarosi AQShda IDni qo‘llab-quvvatlashda ayblandi

Obuna bo‘lish
Sud hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi IDga qo‘shilmoqchi bo‘lgan mahalliy guruh a’zosi bo‘lgan.

TOShKENT, 12 may — Sputnik. Nyu York shahar sudi O‘zbekiston fuqarosi Azizjon Raxmatovni “Islom davlati” terrorchilik guruhini qo‘llab quvvatlashda aybladi, RIA Novosti Reyter xabariga asosan.

Raxmatov chorshanba kuni hibsga olindi. Sud ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi “Islom davlati” terrorchilik guruhini qo‘llab quvvatlagan va unga qo‘shilmoqchi bo‘lganlarga yordam bergan mahalliy guruh a’zosi bo‘lgan. Undan tashqari mahalliy guruh a’zolari ID uchun mablag‘ to‘plashgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lganlarga yordam ko‘rsatgan. AQShda oldin ham shunday ayblovlar bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari qo‘lga olingan edi.

ID bugungi kunda dunyo tinchligiga tahdid solayotgan eng katta xavflardan biridir. Iroqda ID faoliyati tufayli xavfli vaziyat saqlanib qolmoqda. Bugungi kunda AQSh boshchiligidagi koalitsiya, Qurd o‘zini o‘zi himoya qilish kuchlari, Suriya armiyasi va Rossiya Havo-kosmik kuchlari IDga qarshi kurash olib bormoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0