TOShKENT, 11-may — Sputnik. 2016-yilning yanvar-mart oylarida Rossiyaning gaz eksportidan olgan foydasi 8,5 milliard dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning ushbu davriga qaraganda 25,8 %ga kam, Federal Bajxona xizmati ma’lumotlariga asosan, RIA Novosti xabari.
Gaz eksportidan olingan daromad kamayishi, bu dunyo bozorida neft narxining pasayishi oqibatidir. Aslida esa, gaz eksporti hajmi ortgan.
2016 yilning birinchi choragida Rossiya 51,1 milliard kubometr gaz eksport qilgan. Eksport qilingan gaz hajmi o‘tgan yilga qaraganda 18% ga o‘sgan. Gaz eksportining asosiy qismi 40,4 milliard kubometri chet el mamlakatlariga to‘g‘ri kelgan. MDH davlatlariga esa – 10,7 mlrd kub gaz eksport qilingan, bu o‘tgan yilga qaraganda 13%ga kam.
2015 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya 185,5 mlrd kubometr gaz eksport qilib, 41,8 mlrd dollar foyda ko‘rgan.