TOShKENT, 11-may — Sputnik. Toshkentda Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi matbuot xizmati.
Yakka chiqshlarda O‘zbekistondan Yelizaveta Nazarenkova, Maftuna Kuvandikova. Jasmin Yusupova va Sabina Toshkentbayevalar qatnashdi. Uch kun davom etgan musobaqalar natijasida Nazarenkova ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni Janubiy Koreyalik Son Yun Ji egalladi.
Jamoalar birinchiligida sakkiz mamalkat vakillari qatnashdi. Ular orasida olimpiada qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston, Xitoy va Yaponiya jamoalari bor. Buxoro viloyati jamoasiga a’zolari Kamila Rustamova, Ferangiza Shodiyeva, Matluba Rashidova, Karina Tagayeva, Alina Kasimova va Anna Ten musobaqa natijasida beshinchi o‘rinni egallashdi. Jamoalar orasida eng kuchli deb Yaponiya, Xitoy va Qozog‘iston jamoalari topildi.
Yelizaveta Nazarenkova individual musobaqalarda ikki “bronza” va bir “kumush” medalga sazovor bo‘ldi. Absolyut birinchilikni Koreyalik sportchi Son Yun Ji qo‘lga kiritdi.
Gimnastika bo‘yicha Osiyo musobaqalari O‘zbekistonda uchinchi marta bo‘lib o‘tmoqda.