ShHT rahbarlari uchrashuviga jurnalistlarni akkreditatsiya qilish boshlandi

Obuna bo‘lish
ShHT mamlakatlari rahbarlari kengashini yoritmoqchi bo‘lgan jurnalistlar TIV rasmiy saytida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etishi kerak.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi jurnalistlarni 2016-yilning ibn oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT mamlakatlari rahbarlari uchrashuvida qatnashish uchun akkreditatsiya qilishni boshladi, vazirlik matbuot xizmati xabari asosida.    

Kengashni yoritmoqchi bo‘lgan OAV vakillari O‘zbekiston TIV saytida ko‘rsatilgan hujatlar to‘plamini vazirlikka yuborishi kerak.

OAV vakillaridan akkreditatsiya arizalari 2016-yilning 6-iyuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga qadar qabul qilinadi. Ushbu muddatdan keyin olingan yoki kerakli ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan, arizalar va jurnalistlar anketalari ko‘rib chiqilmaydi.

Chet el axborot vositalari, anjumanda qatnashish uchun nafaqat ariza yuborishi, balki O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligidan akkreditatsiya olishi kerak.  

Yangiliklar lentasi
0