TOShKENT, 10-MAY – Sputnik. Statoil, Royal Dutch Shell va ConocoPhillips kabi yirik xalqaro neft kompaniyalari AQSh hukumati tomonidan Arktikada neft qidirish uchun berilgan litsenziyalaridan voz kechishdi.
Bloomberg xabariga ko‘ra ushbu litsenziyalar qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil qiladi. Neft gigantlari, umumiy hisobda, berilgan litsenziyalarning 80%idan voz kechishgan. Litsenziyalar AQSh hukumati tomonidan 2008-yilda o‘tkazilgan kim oshdi savdosida sotib olingan edi. Ushbu litsenziyalar amal qilish hududi Alyaska shimolidagi Chukotka dengizida 11,3 ming kv.km hududni o‘z ichiga olgan.
Bloomberg tahlilchilari voz kechish dunyoda neft narxining tushishi bilan bog‘lamoqda. Kompaniyalar neft savdosidan foyda qisqargan vaqtda geologiya-qidiruv faoliyatiga xarajatlarni qisqartirishga harakat qilmoqda.
Arktika hududida neft qidiruv ishlari juda qimmatligi tufayli faqat eng yirik neft kompaniyalari bunga qodir, deb hisoblaydi Amerika Neft instituti tahlilchisi.