TOShKENT, 10 may — Sputnik. Politsiya va FXX Moskvada Suriya va Iroqda urushga qatnashish uchun jangarilarni yollayotgan “Xizb ut-Tahrir al-Islomi” oqimi a’zosini qo‘lga oldi, IIV rasmiy vakili Irina Volk xabariga asosan.
Qo‘lga olingan Tatariston fuqarosi “Xizb ut-Tahrir al-Islomi” ta’qiqlangan terrorchi guruh a’zoligida ayblanib bir necha yildan beri qidiruvda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki hafta oldin Rossiya FXX Moskvada may bayramlari kuni terrorchilik uyushtirmoqchi bo‘lgan bir guruh “Xizb ut-Tahrir al-Islomi” a’zolarini qo‘lga olgan edi.
“Xizb ut-Tahrir al-Islomi” (Islom ozodlik partiyasi) bir necha mamlakatlarda terrorchi deb tan olingan va uning faoliyati ta’qiqlangan. Rossiyada ushbu tashkilot faoliyati Oliy sud qaroriga binoan 2003-yilda ta’qiqlangan. Tashkilotning asosiy maqsadi – musulmon bo‘lmagan hukumatlarni ag‘darib, islom boshqaruvi o‘rnatish va “Butunjahon islom xalifati” tashkil qilish.
“Xizb ut-Tahrir al-Islomi” partiyasi a’zolarini doimiy ravishda Rossiyaning turli burchaklarida qo‘lga olishmoqda. Asosan ular Markaziy Rossiya, Volga bo‘yi va Sibirning yirik shaharlarida, hamda Qrimda qo‘lga olinmoqda.