TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari siyosiy maslahatlashuv o‘tkazadigan sana ma’lum bo‘ldi, deya xabar qilinadi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida.
"2016 yilning 11–12 may kunlari Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi", — deyiladi xabar matnida.
Biroz oldinroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Qirg‘iziston elchisi Emilbek Uzakbayevni qabul qilgani haqida ma’lumot berilgandi.