TOShKENT, 10-may — Sputnik, Alona Palajchenko. Turkiya janubi-sharqida joylashgan Diyorbaqir shahri markazida portlash ro‘y berdi. Hodisa natijasida, kamida 3 kishi halok bo‘lgan,42 kishi jarohatlangan, deb xabar qiladi NTV telekanali, RIA Novosti xabari asosida.
Portlash Diyorbaqirning markaziy tumanlaridan biri bo‘lmish — Bog‘larda ro‘y bergan. A’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada ta’qiq ostiga olingan Qurdiston Ishchi partiyasi(QIP) a’zolarini kasalxonaga tashiyotgan mahalliy politsiyachilarga qarashli avtobus yonida minalashtirilgan avtomobil portlatilgan.
12 nafar politsiyachi va 33 nafar fuqaro jarohat olganlari ma’lum. Ayrim politsiyachilar va fuqarolarning ahvoli juda og‘irligi ta’kidlanmoqda.