Shanba kuni O‘zbekistonda qattiq shamol bo‘lishi kutilmoqda

© Facebook / Voditeli TashkentaToshkentda kuchli shamoldan keyingi holat
Toshkentda kuchli shamoldan keyingi holat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
9 mayga o‘tar kechasi respublikaning barcha hududlarida kuchli shamol kuzatildi. Natijada ko‘plab daraxtlar yiqilib, avtomobillar to‘xtash joyi va yo‘lning qatnov qismiga qulab tushdi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. 14-may kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuchli shamol kuzatiladi. Gidrometeorologiya markazi saytida ma’lum qilinishicha, shu kuni shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayadi.

Shu kuni shuningdek sinoptiklar qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar va momoqaldiroq bo‘lishini prognoz qilishgan. Havo harorati kunduzi 25-30 daraja iliqni tashkil etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9-mayga o‘tar kechasi respublikaning barcha hududlarida kuchli shamol kuzatildi. Natijada ko‘plab daraxtlar yiqilib, avtomobillar to‘xtash joyi va yo‘lning qatnov qismiga qulab tushdi.

Shuningdek, ba’zi uylarning tomida va darvozalarida buzilish yuz berdi.

Toshkent hamda boshqa shaharlarda elektr energiyasi o‘chishi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0