TOShKENT, 10-may — Sputnik. Moskvada “O‘lmas polk” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 700 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Tantanali namoyish boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bordi.
Moskvadagi ushbu namoyishda nafaqat Rossiyaning boshqa hududidan kelgan qatnashuvchilar, balki sobiq Ittifoq respublikalari fuqarolari ham bor.
“Biz ushbu bayramni juda yaxshi qo‘ramiz. U bizlarning barchamizni, millat va siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar, birlashtiradi. BU bayram bizning jamiyatni mustahkam qiladi, shuning uchun to‘liq unga teng keladigan boshqa bayram yo‘q”, — dedi O‘zbekiston Milliy madaniy avtonomiyasi vakili Habib Abdullayev.
Abdullayevning so‘zlariga qaraganda, Moskvadagi Millatlar uyi “O‘lmas polk” tadbirida birinchi marta qatnashmoqda. Ular bu safar Moskvada yashayotgan turli millat vakilllarini birlashtirishga harakat qilishdi.
Tadbirning yana bir qatnashchisi Azamat – MADI talabasi. Azamat namoyishga ikki bobosining surati tushirilgan plakatlar bilan kelgan. Uning bobolaridan biri Leningrad blokadasida qatnashgan, ikkinchisi esa – Belorus frontida jang qilgan.
“O‘lmas polk” tadbiri birinchi marta 2012-yilda Tomsk shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘tgan yili ushbu namoyish umumrossiya namoyishiga aylandi. 2016-yilda “O‘lmas polk” bir necha chet el mamlakatlari va sobiq Ittifoq respublikalarida bo‘lib o‘tdi.
Kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan norasmiy “O‘lmas polk” tadbirida 200dan ortiq kishi qatnashdi. Ular urushda qurbon bo‘lgan yaqinlari fotosuratlari bilan “Birodarlar qabri” majmuasida to‘planishdi.