MDH hududida balog‘atga yetmagan fuqarolarni qaytarish shartnomasi O‘zbekistonda kuchga kirdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishDaydi o‘smirlar politsiya mashinasida
Daydi o‘smirlar politsiya mashinasida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov hukumatiga va IIVga ushbu shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishni ta’minlash haqida kerakli topshiriqlarni berdi.

TOShKENT, 10-maya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning ushbu qarori bilan O‘zbekistonda MDH hududida balog‘atga yetmagan fuqarolarni o‘zining doimiy yashash mamalkatiga qaytarish haqidagi haqidagi shartnomaning ijroiy protokoli kuchga kirdi.

MDH mamalkatlari orasida o‘smirlarni qaytarish haqidagi shartnoma 2002-yilda imzolangan edi. 2015-yilning oktabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan hamdo‘stlik davlatlari vakillari uchrashuvida, ushbu shartnomaning boshqa mamlakatlarda noqonuniy ravishda yashayotgan, balog‘atga yetmagan o‘smirlarni o‘z vataniga qaytarish vaqtida paydo bo‘ladigan xarajatlar tartibini belgilash bo‘yicha ijroiy protokoli imzolangan edi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov hukumatiga va IIVga ushbu shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishni ta’minlash haqida kerakli topshiriqlarni berdi.

Qarorga binoan, ushbu xalqaro shartnomani bajarish uchun javobgar muassasa vazifasida, O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi belgilandi.

 

Yangiliklar lentasi
0