Putin bu yilgi paradda nima uchun ittifoqdoshlar haqida eslab o‘tmadi?

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti V. Putin Moskva markazida bo‘lib o‘tgan "O‘lmas polk" tadbirida qatnashdi
Rossiya prezidenti V. Putin Moskva markazida bo‘lib o‘tgan O‘lmas polk tadbirida qatnashdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin bu yilgi G‘alaba paradida Ikkinchi Jahon urushida Rossiya bilan birgalikda natsizmga qarshi kurashgan ittifoqdoshlar haqida eslab o‘tmaganidan ramziy ma’no izlash yoki xulosa xulosa chiqarishning keragi yo‘q, deb ta’kidlamoqda Rossiya prezidentining matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu yilgi G‘alaba paradida Ikkinchi Jahon urushida natsizmga qarshi kurashgan ittifoqchilarni eslab o‘tmaganidan biron bir ramziy ma’no izlashning va xulosa chiqarishni keragi yo‘q, shunchaki prezident nutqida bu yil boshqa mavzularga urg‘u berilgan edi, deb ta’kidladi jurnalistlarga prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, RIA Novosti xabari asosida.

Moskvada o‘tgan G‘alaba paradidan eng yorqin lavhalar - Sputnik O‘zbekiston
Qizil maydonda o‘tgan G‘alaba paradidan eng yorqin lavhalar

"Rostini aytsam, men bundan biror xulosa chiqarmagan bo‘lardim. O‘zingiz bilasiz, birinchidan, paradda har bir chiqish uchun ma’lum vaqt belgilanadi, ikkinchidan esa, o‘tgan yil, ya’ni G‘alabaning 70-yillik yubileyi nishonlanib, chet eldan ko‘plab mehmonlar tashrif buyurishganda, bu haqda ko‘p va xo‘b gapirilgan edi. Bu yil esa, shunchaki, boshqa narsalarga urg‘u berildi. Yana bir bor takrorlab o‘taman, men bundan xulosa chiqarmagan bo‘lardim”, — dedi Peskov, jurnalistlarning nima uchun Putin 9-may paradida Ikkinchi Jahon urushi davridagi Ittifoqdoshlarni eslab o‘tmadi, degan savoliga javob berar ekan.

G‘alabaning 71-yilligi munosabati bilan Moskvadagi Qizil maydonda uyushtirilgan parad bu yil 10 ming harbiy, 135ta harbiy mashinalar, 100dan ortiq uchar apparatlar ishtirokida o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0