Germaniyada "Erdo‘g‘on-burger" tufayli restoranni yopishga to‘g‘ri keldi

© Sputnik / Yurchenko / Mediabankka o‘tishReklama gamburgeri
Reklama gamburgeri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koln shahridagi Urban Burgery restorani o‘z taomnomasiga "Erdo‘g‘on-burger" taomini kiritganidan so‘ng, restoran xodimlariga tahdid qiluvchilar soni ortib ketdi va shu sabab restoran yopildi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on sharafiga nomlangan taom restoran taomnomasida aprel oyi oxirida paydo bo‘lgan. "Erdo‘g‘on-burger" "ishtaha ochuvchi va shirador", "echki sutidan tayyorlangan pishloq bilan" degan so‘zlar bilan reklama qilingan, RIA Novosti xabari asosida.

Avvaliga "Erdo‘g‘on-burger" juda mashhur bo‘lib ketgan, u haqda mahalliy OAVlarda ham yozilgan. Ammo ko‘p o‘tmay, restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tahdid va tanqid mazmunidagi maktublar kela boshlagan. Natijada, rahbariyat restoran vaqtincha yopilishi haqida e’lon qildi.

Ularning so‘zlariga qaraganda, ish shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, restoran xodimlari hayoti xavf ostida qolishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0